O‘zbekiston Respublikasi aholisining sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishni kuchaytirish zamonaviy davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

1-img_20230927_191759

Joriy yilning 27-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi xodimlari o‘rtasida mini-futbol sport turi boʻyicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.

2-img_20230927_184655

Muntazam jismoniy tarbiya va ommaviy sportni o‘tkazishdan maqsad har bir fuqaroda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yomon odatlardan voz kechish, to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillariga rioya qilish, shuningdek, jismoniy faoliyat orqali xodimlarning ish faoliyatini yaxshilashdir.

3-img_20230927_1847044-img_20230927_184604