2023-yilning yanvar-avgust oylarida Fargʻona viloyatida jami 6,1 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.
Hududda bajarilgan qurilish ishlari hajmida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 20,2 %ni, kichik korxona va mikrofirmalarning ulushi 59,8 % hamda norasmiy sektorda bajarilgan qurilish ishlari ulushi 20,0 %ni tashkil etdi.



