2023-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Sirdaryo viloyati bo‘yicha sanoatda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 2 676,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022-yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 6,7 %ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda YAHM tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 30,0 %ni tashkil etdi.



