Joriy yil 19-sentabr kuni Nyu-York shahridagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh qarorgohida BMT Bosh Assambleyasi 78-sessiyasi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham nutq soʻzlagan edi.

1-7b5a89542-_kkhktui

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida davlatimiz rahbarining BMT Bosh Assambleyasi 78-sessiyasida soʻzlagan nutqi boʻyicha targʻibot tadbiri tashkil etildi. Unda Statistika agentligi markaziy apparati xodimlari ishtirok etishdi.

3-photo_2023-09-27_15-47-064-yiloiliul

Tadbirda ishtirokchilarga Prezidentimizning BMT minbaridan turib soʻzlagan nutqi haqida keng tushuncha berildi.

5-7b5a89596-uitltlkllyk

Jumladan, davlatimiz rahbarining Oʻzbekistonda yangilangan Konstitutsiya, iqtisodiyotimizni liberallashtirish yoʻlidagi ustuvor vazifalar, aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan siyosat va boshqa masalalarda soʻzlagan nutqi haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

7-utiluikluiyj8-ryjkrfjyuj