Avval xabar berganimizdek, mamlakatimizda sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish, ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida turli vazirlik, idora va tashkilotlarning markaziy apparat xodimlari oʻrtasida sportning futbol turi boʻyicha “Hukumat kubogi” musobaqasi o‘tkazilmoqda.

1-photo_2023-10-26_11-26-32

Mazkur “Hukumat kubogi” musobaqasida Statistika agentligining markaziy apparat xodimlaridan iborat jamoa ham faol qatnashmoqda.

2-img_20231026_112353_1

Statistika agentligi jamoasi dastlabki oʻyinda Bojxona qoʻmitasi jamoasini 2:0 hisobida magʻlubiyatga uchratib, 1/8 final bosqichga yoʻl olgan edi.

3-img_20231026_112615

1/8 final bosqichda Statistika agentligi Kadastr agentligi bilan oʻynab, 2:0 hisobida gʻalaba qozondi va chorak finalga yoʻl oldi.

4-img_20231026_112840

Chorak finalda Statistika agentligi vakillariga Tashqi ishlar vazirligi jamoasi raqiblik qildi. O‘yinning asosiy qismi 2:2 hisobida durrang bilan yakunlandi. Penaltilar seriyasida Statistika agentligi jamoasi g‘alaba qozondi va yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

5-photo_2023-10-26_11-42-18

Taʻkidlash lozimki, joriy yilgi musobaqada 30 dan ortiq jamoa nomi qayd etildi. Oʻzbekiston futbol assotsasiyasi mutaxassislari tomonidan oʻtkazilgan qurʻa tashlash marosimi shaffof, adolatli va sport prinsiplariga qatʻiy amal qilingan holda boʻlib oʻtdi.

6-jvkj32k23ktsuva

Musobaqa nizomiga koʻra, oʻyinlar 20 daqiqadan ikki boʻlim davom etadi. Oʻyinlar “Bunyodkor” stadionida boʻlib oʻtmoqda.

7-photo_2023-10-26_13-16-56