2023-yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Farg‘ona viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 15 600,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022-yilning yanvar-sentabr oylari bilan taqqoslaganda 3,2 %ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda YAHM tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 34,5 %ni tashkil etdi.



