2023-yilning yanvar-oktabr oylarida Toshkent shahrida jami 29,6 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.
Hududda bajarilgan qurilish ishlari hajmida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 28,7 %ni, kichik korxona va mikrofirmalarning ulushi 62,3 %ni hamda norasmiy sektorda bajarilgan qurilish ishlari ulushi 9,0 %ni tashkil etdi.