01/12/2023

Joriy yilning 1-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida “Konstitutsiya haftaligi” doirasida yangilangan konstitutsiyamiz mazmun-mohiyati va “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining asosiy ustuvor yoʻnalishlari yuzasidan targʻibot tadbiri tashkil etildi.

1-7b5a0821

Mazkur tadbirda dastlab, Oʻzbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2023-yil  16-noyabrdagi  “Oʻzbekiston  Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bagʻishlangan bayram tadbirlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi  F-72-son farmoyishi ijrosini  haqida batafsil tushunchalar berildi.

1-7b5a1074

Statistika agentligining Yuridik boʻlimi yetakchi yuriskonsulti Orifjon Soliyev “Konstitutsiya haftaligi” doirasida amalga oshiriladigan ishlar hamda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining asosiy ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berdi.

3-7b5a1055

Shuningdek, yangilangan konstitutsiya mazmun-mohiyati haqida ham soʻz yuritildi.

4-7b5a0840

Ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.

5-7b5a0846