Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

photo1702875624

photo1702875645-1

O‘rganishlar natijasida ayrim mahallalarda raqamlashtirish ishlari to‘liq yakuniga yetkazilmaganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalarning mavjudligi holatlari aniqlanmoqda.

photo1702875645-4

O‘rganish natijalari bo‘yicha, hududlar kesimida tahliliy ma’lumotlar tayyorlanib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishlari uchun mahalliy hokimliklarga doimiy ravishda axborot kiritilib, kerakli chora tadbirlar  ko‘rilmoqda.

photo1702875678-1