Joriy yilning 18–22-dekabr kunlari Tojikiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi delegatsiyasi statistika sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish va o‘zaro tajriba almashish maqsadida amaliy tashrif bilan Oʻzbekistonda bo‘ladi.

Tashrifning ikkinchi kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi delegatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligiga tashrif buyurdi.


Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktorining oʻrinbosari Ziyayev Zohidjan Muratovich boshchiligidagi agentlik markaziy apparati mutaxassislari hamda Tojikiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi guruh rahbari - qurilishda sanoat va investitsiyalar statistikasi boshqarmasi boshligʻi Asmatbekzoda Firdavs, Tojikiston Respublikasi Prezidenti devonining vakili Davlatzoda Dilovar va boshqa bir qator vakillar ishtirok etishdi.

Tojikiston Respublikasi delegatsiyasi tashrifining asosiy maqsadi Oʻzbekiston Respublikasi Statistika agentligi tuzilmasi, normativ-huquqiy hujjatlar va statistika sohasidagi qonunchilik bazasi hamda markaziy apparat statistika tarmoq boshqarmalari faoliyati bilan tanishish, milliy hisoblar tizimi, sanoat, qurilish, turizm, investitsiyalar, tashqi savdo, qishloq xoʻjaligi, savdo va xizmatlar, transport, statistika ishlari dasturidagi pozitsiyani hisoblash kabi sohalarda tarmoq statistikasini yuritish boʻyicha tajriba almashishdir.

Mazkur uchrashuv joriy yilning 22-dekabr kuniga qadar davom etadi.



