Joriy yilning 22-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti tomonidan 2023-yil amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.


Mazkur yig‘ilishda Statistika agentligining xotin-qizlari hamda yosh kadrlari ishtirok etdi.

Ushbu tadbirda agentlikning Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i - Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raisi Talipova Zulxumor Normatovna so‘zga chiqib, agentlikda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘rni va faolligini oshirish, gender tenglik kafolatlarini ta’minlash, ilmiy faoliyatga keng jalb qilish, xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, oiladagi ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, shu bilan birga agentlik xotin-qizlarining erishgan yutuqlari to‘g‘risida ma’lumotlar berdi.

Agentlik xotin-qizlarining mavzuga doir berilgan barcha savollariga Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raisi tomonidan atroflicha javoblar berildi.



