Joriy yilning 29-dekabr kuni Statistika agentligida Yangi yil munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Unda agentlik markaziy apparati xodimlari va Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti professor-oʻqituvchilari ishtirok etdi.

2_7j1a2422

3_7j1a2428

Tadbirda dastlab, Statistika agentligi direktori Begalov Bahodir Abdusalomovich barcha xodimlarni yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan qutladi. Yil davomida statistika tizimida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar va kelgusida bajarilishi lozim boʻlgan vazifalar haqida toʻxtalib oʻtdi.

4_7j1a2438

5_7j1a2456

Shundan soʻng, yil davomida faol boʻlgan xodimlarga Statistika agentligi rahbariyati hamda Kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari berildi.

6_7j1a2513

7_7j1a2526

Statistika agentligining ahil jamoasi va qolaversa, barcha vatandoshlarimizni kirib kelayotgan yangi 2024-yil bilan chin dildan tabriklaymiz!

8_7j1a2519

9_7j1a2643

Yangi yil barchaga yangi omadlar, yangi zafarlar va ulkan muvaffaqiyatlar olib kelsin!

10_7j1a2675

12_7j1a2672