2023-yil 19-dekabr kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi xodimlari tomonidan Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universitetida “Aholini ro`yxatga olishning ahamiyati” mavzusida seminar bo`lib o`tdi.

1-photo1702986638-5

Seminarda shahar statistika boshqarmasi bo‘limi mutaxassislari, universitet o`qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.

2-photo1702986639

Seminar davomida shahardagi mavjud barcha shahar sxematik xaritalari hamda mahalla va qishloq aholi punktlarining chizma rejalarini tayyorlash, amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar bo‘yicha alohida to‘xtalib o‘tildi.

3-photo1702986638-6

Shuningdek, respublikamizda aholini roʼyxatga olish tadbirini oʼtkazishning asosiy maqsad va vazifalari, bu borada ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayonlari haqida ma'lumotlar berildi.

4-photo1702986638

Talabalarning savollariga statistika boshqarmasi mutaxassislari tomonidan batafsil javob berildi.