2023-yilning yanvar-noyabr oylarida Samarqand viloyati boʻyicha nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan 8 744,6 mlrd. soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.
Ularning tarkibida bino va inshootlar qurilish ishlarining jamiga nisbatan ulushi – 25,5 % ni, fuqarolik obyektlari qurilish ishlari ulushi – 71,6 % ni va ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari ulushi – 2,9 % ni tashkil etgan.



