Qashqadaryo viloyatida 2023-yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 4 372,6 mlrd. soʻmni tashkil etgan.
Bu koʻrsatkich 2022-yilning yanvar-sentabriga nisbatan 3,4 % ga oshgan.
Kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi, tegishli davrda:
2021-yilning yanvar-sentabrida 3 253,3 mlrd. soʻm
2022-yilning yanvar-sentabrida 3 924,3 mlrd. soʻmni tashkil etgan.



