2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Jizzax viloyatida asosiy kapitalga investitsiyalar 16,6 trln. soʻm oʻzlashtirilib, uning tarkibida qurilish-montaj ishlariga yoʻnaltirilgan investitsiyalar 4,6 trln. soʻmni va jami oʻzlashtirilgan investitsiyalarning ulushi 27,6 % ini tashkil etgan.
Mashina, asbob–uskuna va xoʻjalik inventarlarini sotib olishga yoʻnaltirilgan investitsiyalar hajmi 11 trln. soʻmni (jami investitsiyalardagi ulushi 66 %) hamda boshqa xarajatlar 1 trln. soʻmni (6,4 %) tashkil etgan.



