2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Fargʻona viloyatida asosiy kapitalga investitsiyalar 20,2 trln. soʻm oʻzlashtirilib, uning tarkibida qurilish-montaj ishlariga yoʻnaltirilgan investitsiyalar 11,3 trln. soʻmni va jami oʻzlashtirilgan investitsiyalarning ulushi 55,7 % ini tashkil etgan.
Mashina, asbob–uskuna va xoʻjalik inventarlarini sotib olishga yoʻnaltirilgan investitsiyalar hajmi 7,2 trln. soʻmni (jami investitsiyalardagi ulushi 35,8 %) hamda boshqa xarajatlar 1,7 trln. soʻmni (8,5 %) tashkil etgan.



