2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Qashqadaryo viloyati boʻyicha jami 9,2 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.
Hududda bajarilgan qurilish ishlari hajmida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 26,2 % ni, kichik korxona va mikrofirmalarni ulushi 50,1 % ni hamda norasmiy sektorlarda bajarilgan qurilish ishlar ulushi 23,7 % ni tashkil etgan.



