Buxoro viloyati Turon Zarmed Universitetida viloyat statistika boshqarmasi tomonidan aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgalik ko‘rish bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi.

1-uouljkl_jk_jk12jk12

Davra suhbatida Buxoro viloyati Turon Zarmed Universiteti Iqtisodiyot kafedrasi Statistika fani o‘qituvchisi N.Shamsiyeva aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgalik ko‘rish, bu borada amalga oshirilgan va kelgusida bajarilishi belgilangan ishlar haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

 2-uykuyk22jhkl1jhkl3

Shuningdek, 2024-yilni mamlakatimizda “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan aholi o‘rtasida ro‘yxatga olish tadbirini nechog‘lik muhimligi va uni o‘tkazishga yoshlar, fuqarolar hamda tadbirkorlarning o‘zlari ham qatnashish imkoniyatiga ega ekanligi to‘g‘risida takidlab o‘tildi.

 3-uiopuiop22uiop2uopup6

Davra suhbati qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘ldi. Talabalarning savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.

4-efaf3asdfa