Aholini roʻyxatga olish jarayoniga tayyorgarlik koʻrish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam oʻrnatilganligi va nom belgilari oʻrnatilmagan koʻchalar holatini oʻrganish ishlari davom etmoqda.

1-lhjlhlhglavnij-1

Oʻrganishlar natijasida ayrim mahallalarda raqamlashtirish ishlari toʻliq yakuniga yetkazilmaganligi va nom belgilari oʻrnatilmagan koʻchalarning mavjudligi holatlari aniqlanmoqda.

2-uiopuyio2lui2oi

3-uilui5l5uil5ui

Oʻrganish natijalari boʻyicha hududlar kesimida tahliliy maʻlumotlar tayyorlanib aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishlari uchun mahalliy hokimliklarga doimiy ravishda axborot kiritilib, kerakli chora tadbirlar  koʻrilmoqda.

4-opop2op2op