2023-yil yakunlariga koʻra, Andijon viloyatida YAHM hajmi joriy narxlarda 68 223,4 mlrd. soʻmni tashkil etdi va 2022-yil bilan taqqoslaganda 5,1 % ga oʻsdi.
Quyidagi asosiy tarmoqlarda ijobiy oʻsish kuzatilgan: qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida 104,1 %, sanoatda 107,3 %, qurilishda 103,2 % va xizmatlar sohasida 104,9 % ni tashkil etdi.