1-rasm-asosiy-rasm

Joriy yilning 26-28-fevral kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi tashabbusi bilan Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumanidagi Chimyon qishlogʻida anʻanaviy “Chimgan challenge – 2024” qishki sport festivali oʻtkazildi.

2-rsam-sport-turlari

Ushbu festivalda 140 ta vazirlik, idora va tashkilotlardan 135 nafar sport targʻibotchilari o‘rtasida sportning mini-futbol, voleybol, stritbol va stol tennisi sport turlari bo‘yicha o‘zaro musobaqalar bo‘lib o‘tdi.

3-rasm

Festival O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishki sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining “Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlarining sport targ‘ibotchilari orasida jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishni keng targ‘ib qilish maqsadida tashkil etildi.

4-rasm-trening

Festival doirasida ishtirokchilar uchun maxsus o‘quv seminar-treninglar ham tashkil etildi.

5-rasm-durdona-rahimova

Shuningdek, Sport vaziri o‘rinbosari Durdona Raximova “Chimgan challenge – 2024” qishki sport festivali ishtirokchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Ochiq muloqot davomida bildirilgan takliflar asosida shu yilning mart oyi “Sport targ‘ibotchilarining tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash” oyligi etib belgilandi.

5-rasm-djalilov

6-rasm-voleybol

Mazkur festivalda Statistika agentligining sport targ‘ibotchisi Djalilov Bobur ishtirokidagi jamoa “Stritbol” sport musobaqasida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

7-rasm

8-rasm-taqdirlash

Musobaqalar yakunida g‘olib va sovrindorlarga tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.