Bahorning ilk kunlarida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami nafaqat yurtimizda, balki xalqaro miqyosda keng nishonlanadi. Boisi, har qanday millat va davlatning taraqqiyoti, kelajagi bevosita onalarga bogʻliq. Zero, har tomonlama sogʻlom onalardan mamlakat uchun barkamol farzandlar dunyoga keladi. Shunday ekan, ona siymosi doimo alohida ehtirom va eʻtiborda boʻlib kelgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi jamoasi 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan moʻtabar ayollar, munis onaxonlar, dilbar opa-singillar, umuman, barcha xotin-qizlarni samimiy muborakbod etadi.

Goʻzal va betakror, sevgi-muhabbat va sadoqat timsoli boʻlgan ayollarga sihat-salomatlik, bahoriy kayfiyat, baxt-saodat, xonadonlarida tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka doimiy hamroh boʻlsin.

Barcha ezgu orzu-niyatlaringiz amalga oshsin aziz va moʻtabar onaxonlar, aziz ayollar, qadrli opa-singillar!

8-mart-uzb--kopiya

                                                                                                                   Samimiy va chuqur hurmat ila, Statistika agentligi jamoasi