Navro‘z bayarami arafasida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan turli tadbirlar tashkil etilib, nafaqadagi xodimlar va ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinmoqda.


Statistika agentligi Kasaba uyushmasi qoʻmitasi yaqinlashayotgan Navro‘z bayrami munosabati bilan uzoq yillar statistika tizimida faoliyat yuritgan mehnat faxriylari holidan xabar olinib, ular bayram bilan tabriklandi. Jumladan, iste'mol uchun muhim boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari olib borildi.


Bunday savobli amallar orqali qariyalarga ma'naviy-ruhiy koʻmak berish, ularni yolgʻiz qoldirmaslik va koʻp yillik mehnatlari uchun minnatdorchilik izhor qilish koʻzda tutilgan.


Keksalar agentlik tomonidan doimiy ravishda koʻrsatilayotgan bu kabi ma'naviy-moddiy koʻmak uchun minnatdorchilik bildirdi.


