Joriy yilning 28-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Raqamlashtirish va ma’lumotlarni saqlash markazi xodimlari uchun axborot va kiberxavfsizlik masalalariga oid o‘quv-amaliy seminari hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

1-7b5a5841_p31492

2-7b5a5844_p13707

Shuningdek, vebinarda xodimlarga axborot va kiberxavfsizlik masalalariga oid yangi hujjatlar va topshiriqlar bo‘yicha tushunchalar berildi. Maʼlumotlar xavfsizligi masallalari boʻyicha misollar bilan koʻrsatildi va ularni qiziqtirgan savollariga javob berildi.

3-7b5a5855_p85939

4-7b5a5862_p16156

Vebinar yakunida Raqamlashtirish va ma’lumotlarni saqlash markazi xodimlariga oʻtkazilgan vebinar masalalari boʻyicha test savollari berilib, ularning mavzuni oʻzlashtirganlik darajasi baholandi.

5-7b5a5865_p70574