Joriy yilning 9-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan INHA universitetida davra suhbati tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi markaziy apparati boshqarma boshliqlari, INHA universiteti professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar va universitet talabalari ishtirok etdi.


Davra suhbatida Statistika agentligi Yig`ma-axborot ishlari boshqarmasi boshlig‘i o'rinbosari Rustamov Oybek A`zamovich agentlik faoliyati, statistik koʻrsatkichlarni shakllantirish metodologiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-114-sonli qarorning mazmun-mohiyati bo‘yicha taqdimot qildi.


Uchrashuv yakunida Statistika agentligi mutaxassislari talabalar tomonidan berilgan barcha savollarga atroflicha javob berdi.



