Yurtimizda aholi salomatligini saqlash va mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishni kuchaytirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

1-rasm-badminton-dfh2d1hdh

2-rasm-yurish-yugurish-3fjf3hj23hj23ghjg

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi “Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5282-sonli qaror ijrosini ta’minlash maqsadida barcha ishchi-xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq qilish maqsadida turli sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

3-rasm-workout-f62gdf3g2df3g2df3

Joriy yilning 22–26-aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan hamkorlikda ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida markaziy apparat xodimlari hamda ularning farzandlari o‘rtasida “Sport festivali” tashkil etildi.

4-rasm-futbol-e2rgh1d2h1df2h1d

Mazkur “Sport festivali”da yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va workout sport turlari bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi.

5-rasm-bolalar-hgjghjghj1

Ta’kidlash lozimki, muntazam jismoniy tarbiya va ommaviy sportni o‘tkazishdan maqsad har bir fuqaroda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yomon odatlardan voz kechish, to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillariga rioya qilishdir.

6-rasm-taqdirlash-ui2p2uio2ui2

“Sport festivali” g‘olib va sovrindorlariga diplom va esdalik sovg‘alar topshirildi.