2024-yilning 23–25-aprel kunlari Polshaning Vrotslav shahrida Yevropa statistika tizimi sifat asoslari va standartlarini targʻib qilish – Sifat va metamaʼlumotlar hisobotlari uchun Yevropa statistika tizimi qoʻllanmasi boʻyicha seminar bo‘lib o‘tdi.

1-jdfj1dh1j1ghj1ghj1p16

Seminarda Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iz Respublikasi, Moldova, Chernogoriya, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina va O‘zbekiston statistika idoralari vakillari hamda Yevrostat, Daniya, Estoniya va Italiya mamlakatlari xalqaro ekspertlari ishtirok etdi.

2-lll5p11

3-llphoto_2024-04-29_14-35-33

Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligidan Tasniflagichlarni va metama’lumotlarni yuritish bo‘limi boshlig‘i Abdugafarov Kamoliddin Sulaymonovich hamda Innovatsion faoliyatni muvofiqlashtirish va sifatni boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi Ruzaev Rustam Anvarovich ishtirok etishdi.

4-klkl22klk2lp12

Seminarning asosiy maqsadi sifat va metama’lumotlar to‘g‘risida hisobot tayyorlovchi mutaxassislar uchun sifat va metama’lumotlar hisoboti standartlari hamda sifat hisobotlarini to‘ldirish bo‘yicha chuqur bilim olish va yaxshiroq tushunishdan iborat bo‘ldi.

5-jl_bkljk2ljk2p4