2024-yil 1-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida joriy yilning 23–25-aprel kunlari Polshaning Vrotslav shahrida Evropa Ittifoqining Statistika idorasi tomonidan tashkil etilgan “Yevropa statistika tizimi sifat asoslari va standartlarini targʻib qilish – Sifat va metamaʼlumotlar hisobotlari uchun Yevropa statistika tizimi qoʻllanmasi” mavzusidagi seminar natijalari bo‘yicha taqdimot boʻlib oʻtdi.


Taqdimotda ushbu seminarda ishtirok etgan Statistika ishlarini tashkil etish va metodologiya boshqarmasi Tasniflagichlarni va metama’lumotlarni yuritish bo‘limi boshlig‘i Abdugafarov Kamoliddin hamda Innovatsion faoliyatni muvofiqlashtirish va sifatni boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi Ruzaev Rustamning olgan bilim va koʻnikmalari agentlik xodimlariga yetkazildi.


Ishtirokchilar sifat va metama’lumotlar hisoboti standartlari hamda sifat hisobotlarini to‘ldirish bo‘yicha Evrostat tajribasi bilan tanishtirildi.




