10/05/2024

2024-yilning yanvar-mart oylarida jami 1 519,3 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 31,7 ming nafarga yoki 2,1 % ga oshgan.

Joriy yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasiga turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni quyidagicha:

Tojikiston — 536,5 ming nafar;

Qirgʻiz Respublikasi — 442 ming nafar;

Qozogʻiston — 262,6 ming nafar;

Rossiya — 134,2 ming nafar;

Turkmaniston — 31 ming nafar;

Turkiya — 21,5 ming nafar;

Hindiston — 11,6 ming nafar;

Xitoy  — 10 ming nafar;

Janubiy Koreya — 7,6 ming nafar;

Germaniya — 3,8 ming nafar;

Boshqa davlatlar — 58,5 ming nafar.

06-12-2021-27yjk1jhk1jhkjhkjhk

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech