Joriy yilning 20-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish boʻlimi hamda Bosh yuriskonsult xodimlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi 114-son qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash hamda mehnat qonunchiligini targʻib qilish va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.
Tadbirda Statistika agentligining Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Farhod Toʻrayev, Yuridik boʻlim boshligʻi Vahob Toʻxtayev va hududiy statistika boshqarmalarining Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish boʻlimi hamda Bosh yuriskonsult xodimlari ishtirok etdi.
Shuningdek, vebinarda xodimlarga bugungi kunda hududiy statistika organlarining mehnat qonunchiligiga rioya qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-114-son qarori mazmun-mohiyati hamda bugungi kunda ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjatlar boʻyicha tushunchalar berildi.
Vebinar yakunida Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish boʻlimi hamda Bosh yuriskonsult xodimlariga oʻtkazilgan vebinar masalalari boʻyicha test savollari berilib, ularning mavzuni oʻzlashtirganlik darajasi baholandi.