Joriy yilning 20–21-may kunlari Islom davlatlarining statistik, iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar va ilmiy markazi (SESRIC) oʻzining statistik imkoniyatlarni oshirish (StatCaB) dasturi doirasida “Mehnat statistikasi” boʻyicha Turkiya Statistika Instituti (TURKSTAT) koʻmagida videokonferensiya platformasi orqali onlayn oʻquv kursi bo‘lib o‘tmoqda.

1-lkjlklkklkkkpiop20_05_2024

Ushbu oʻquv kursida Islom hamkorlik tashkilotiga (IHT)ga aʼzo davlatlarning milliy statistika idoralari mutaxassislari qatnashmoqda.

Oʻquv kursida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligidan Demografiya, mehnat va gender statistikasi boshqarmasi bosh mutaxassislari Tairova Aliya va Adizov Azizjon ishtirok etmoqda.

2-jklljkljkl20_05_204

Oʻquv kursining asosiy maqsadi mehnat statistikasi sohasidagi statistik metodologiyalar va ilgʻor tajribalarni tushunish va qoʻllash boʻyicha ishtirokchilarning texnik imkoniyatlarini oshirishdir.

3-lll20_05_2024

Onlayn oʻquv kursida Turkiya Statistika instituti mutaxassisi mehnat statistikasini yuritish, ishchi kuchi kuzatuvlarini tashkil etish va oʻtkazish usullari boʻyicha tajriba almashish maqsadida taqdimot qildi.