Joriy yilning 21–23-may kunlari Moskva shahrida “Statistika boʻyicha II Xalqaro talabalar olimpiadasi” boshlangan edi. Mazkur tadbir “2024–2025-yillarga moʻljallangan MDH statistikasini rivojlantirish” loyihasi doirasida oʻtkazildi.

Tadbirda Oʻzbekistondan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining ikkita jamoasi ishtirok etdi.
Olimpiadada jami 7 ta mamlakatdan kelgan turli oliy oʻquv yurtlar talabalarining statistika sohasidagi bilimlari bir nechta bosqichlar boʻycha sinovdan oʻtkazildi.

Olimpiada natijalari boʻyicha Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining har ikkala jamoalari ham yuqori natijalarni qoʻlga kiritishdi.
Xususan, Oʻzbekiston jamoalari “Ilmiy tadqiqotlarda ijodiy yondashuv” hamda “Statistik instrumentlardan malakali foydalanish” nominatsiyalari boʻyicha gʻolib deb topildi.

Gʻoliblar xalqaro sertifikat bilan taqdirlandi.


