2024-yilning 21–23- may kunlari Qirg‘iz Respublikasining Bishkek shahrida Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi (MDH) Statistika qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan Xalqaro taqqoslash dasturi (XTD)-2024 doirasida “Investitsion tovarlar ro‘yxatini kelishish” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbirda O‘zbekiston, Armaniston, Qirg‘iz Respublikasi, Qozog‘iston, Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Ozarbayjon va Tojikiston Respublikalarining milliy statistika idoralari qatnashdi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Narxlar statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Umarov Muxtor Turayevich hamda sho‘ba mudiri Nishonboyev Bunyodbek To‘xtapo‘lat o‘g‘li ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda XTD-2024 doirasida o‘rganiladigan investitsion tovarlar ro‘yxati yuzasidan qo‘shimcha savol va takliflarga aniqlik kiritildi hamda XTD-2024 doirasida olib boriladigan keng ko‘lamli ishlar kelishib olindi.