27/05/2024

2024-yilning 20–24-may kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori oʻrinbosari A.Ikramov boshchiligidagi delegatsiya Koreyaning “Statistics Korea” idorasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi oʻrtasida 2011-yil 24-avgustda statistika sohasida hamkorlik toʻgʻrisida imzolangan anglashuv memorandumi doirasida oʻzaro tajriba almashish uchun Koreyaning “Statistics Korea” idorasiga xizmat safariga borib qaytdi.

Xizmat safari davomida Koreyaning “Statistics Korea” idorasi Komissioneri Li Xyon Il bilan rasmiy uchrashuv oʻtkazildi. Urashuvda “Statistics Korea” idorasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi oʻrtasidagi hamkorlik yoʻnalishlari, amalga oshirilgan ishlar, kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.

photo_5377738249814009245_y

Shuningdek, Koreyaning “Statistics Korea” idorasi vakillari bilan quyidagi yoʻnalishlarda uchrashuvlar oʻtkazildi.

Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar yoʻnalishi boʻyicha Koreya statistika idorasining “Statistika treyning instituti” va “Statistik tadqiqotlar instituti” direktori bilan uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuvda institutlar faoliyati, tarkibiy tuzilmasi, institutning shakllanish tarixi, oʻquv dasturlari, xalqaro treyning dasturlari, malaka oshirish tizimi, oʻquv qoʻllanmalari, ilmiy-tadqiqotlar yoʻnalishlari, ularni amaliyotga joriy etish mexanizmlari bilan yaqindan tanishildi.

Kuzatilmaydigan iqtisodiyotni baholash yoʻnalishi boʻyicha Koreya banki vakillari hamda Koreyaning “Statistics Korea” idorasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi. Unda Milliy hisoblarning toʻliqligi, kuzatilmaydigan iqtisodiyotni baholashning xalqaro uslubiyoti, kuzatilmaydigan iqtisodiyotni baholash boʻyicha Koreya tajribasi bilan tanishildi.

photo_5377738249814009278_y

Hududiy statistika organlarining faoliyati yoʻnalishi boʻyicha Koreya statistika idorasining “Dongnam hududiy statistika organi”  va “Seul hududiy statistika organi” rahbarlari bilan uchrashuvlar oʻtkazildi. Unda hududiy statistika organlari faoliyati, statistikani shakllantirish amaliyoti, iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha statistik maʼlumotlarni yigʻish va ularni tahlil qilish usullari bilan yaqindan tanishildi.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech