2024-yil 29-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida shu yilning 21–23-may kunlari Qirg‘iz Respublikasining Bishkek shahrida Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi (MDH) statistika qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan Xalqaro taqqoslash dasturi (XTD)-2024 doirasida “Investitsion tovarlar ro‘yxatini kelishish”  mavzusida yig‘ilish natijalari yuzasidan taqdimot boʻlib oʻtdi.

1-1-7j1a8965

2-7j1a8951

Taqdimotda ushbu seminarda ishtirok etgan Narxlar statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Umarov Muxtor Turaevich hamda xalqaro taqqoslash dasturi bo‘yicha narx kuzatuvlari shu‘basi mudiri Nishonboyev Bunyodbek To‘xatapo‘lat o‘g‘li olgan bilim va koʻnikmalari agentlik xodimlariga yetkazdi.

3-7j1a8939

4-7j1a8971

Shuningdek, tadbirda XTD-2024 doirasida olib boriladigan keng ko‘lamli ishlar hamda ishtirokchi-mamlakatlarda XTD-2024 doirasida o‘rganiladigan investitsion tovarlar ro‘yxati boʻyicha tushunchalar berildi.

5-7j1a8982

6-7j1a8974