Namangan shahridagi Xalqaro Turan universitetida viloyat statistika boshqarmasi tomonidan aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgalik ko‘rish bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi.

1-photo_2024-05-17_11-09-39

Tadbirda Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari, institut professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.

2-photo_2024-05-17_11-09-35

Davra suhbatida Namangan viloyati statistika boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari R.Jiyanov va Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi mutaxassisi K.Abdullajonov aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgalik ko‘rish, bu borada amalga oshirilgan va kelgusida bajarilishi belgilangan ishlar haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

3-photo_2024-05-17_11-09-32

Shuningdek, davra suhbatida ishtirokchilar targʻibot ishlarini olib borishda qaysi jihatlarga e’tibor qaratish lozimligi bo‘yicha o‘zaro fikr-mulohaza almashishdi.

4-photo_2024-05-17_11-09-42

Davra suhbati qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘ldi. Talabalarning savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.