O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirish va chiqish turizmi bo‘yicha navbatdagi tanlanma kuzatuvlar 2024-yilning may oyidan boshlab Respublika hududlarida xorijiy turistlar o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkazilib kelinmoqda.
So‘rovnoma Birlashgan millatlar Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) tavsiyasi asosida 2018-yildan buyon kamida har ikki yilda bir marta o‘tkazib kelinmoqda.

Shu jumladan 2024-yil 30-may kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida intervyuyerlar tomonidan o‘tkazilayotgan so‘rovnoma jarayoniga UNWTO xalqaro eksperti taklif etildi.
Aytish kerakki, mazkur kuzatuvlar O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirish va chiqishga oid turizm bo‘yicha tanlanma kuzatuv o‘tkazish tartibini belgilaydi. Shuningdek, respublika eksportida turizm hajmining to‘liq hisobga olinishini, turizm statistikasi ko‘rsatkichlari va turizm yordamchi hisobini shakllantirishni ta’minlaydi.

Kuzatuv natijasi asosida turistlar oqimi, turistlarning safar maqsadi va davomiyligi, respublika hududida chet ellik turistlarning hamda va chet elga safar qilgan O‘zbekiston rezidentlarining amalga oshirgan sarf-xarajatlari tarkibi kabi ma’lumotlar shakllanadi.
Mazkur kuzatuvni tashkil qilish va oʻtkazish Turizm va madaniy meros hamda Investitsiya va tashqi savdo vazirliklari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Soʻrovnoma joriy yilning 6-iyuniga qadar davom etib, 14 mingga yaqin respondetlar (xorijiy turistlar) bilan soʻrovnoma oʻtkazilishi kutilmoqda.


