Ushbu tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi 37-son Farmonining 27-bandiga asosan keng jamoatchilik vakillari va ekofaollarning ekologiyaga avtomobillar chiqindi gazlarining zararli taʻsirini kamaytirish uchun Toshkent shahrida har oyning bir ish kuni davomida avtomobillar harakatlanishini (jamoat transportlari, maxsus va shoshilinch yordam xizmatlaridan tashqari) qisqartirishga qaratilgan “Avtomobilsiz kun” jamoatchilik loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Ushbu kun doirasida shaxsiy avtomobillarda harakatlanishni kamaytirish, aholi orasida jamoat transportidan va velosipeddan foydalanishning hamda piyoda yurishning afzalliklarini targʻib etishga qaratilgan koʻplab tadbirlar tashkil etiladi.#

2_7j1a3546_p40776

Shu munosabat bilan, joriy yilning 26-iyun kuni Toshkent shahrida “Avtomobilsiz kun” tadbiri oʻtkazildi.

3_7j1a3582_p21346

Mazkur tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi jamoasi ham faol ishtirok etishdi.

4_7j1a3410_p36195

"Avtomobilsiz kun" tadbirini oʻtkazishdan asosiy maqsad, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, shuningdek, atrof-muhitni avtomobillardan chiquvchi zararli gazlardan himoya qilish, katta shaharlarda transport vositalari tirbandligini kamaytirish, jamoat transporti tizimini rivojlantirish masalalariga jamoatchilik eʼtiborini qaratishdir.

5_7j1a3442_p64654