O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 - yil 4 - martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-114-son qarorining 32 - bandida Statistika agentligiga hisobot topshiruvchilar, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari xodimlarining statistika yo‘nalishida savodxonligini oshirish vazifalari belgilangan edi.

Shu munosabat bilan Xorazm viloyatida 2024 yilning 26 – 28 - iyun kunlari “Statistika” yoʻnalishida maxsus sayyor oʻquv kursi tashkil etildi.

Mazkur sayyor oʻquv kursida Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti “Statistika” kafedrasining katta oʻqituvchisi Shavkat Jumaniyazov va Xorazm viloyati statistika boshqarmasining statistika hisobotlarini qabul qiluvchi masʻullari oʻzlarining taqdimotlari va video darslari bilan qatnashdilar.

Shuningdek, tinglovchilarning statistika hisobotlarini tayyorlash va taqdim etish jarayonlarida yuzaga kelayotgan savollariga atroflicha javoblar berildi va muammoli vaziyatlarga joyida yechimlar koʻrsatildi.

Kurs yakunida faol tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.