Joriy yilning 28-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida “Oʻzbekiston–2030” strategiyasining mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan taqdimot oʻtkazildi.

17J1A4031

Yigʻilishda Statistika agentligi direktori oʻrinbosari Ikramov Agzam Anvarjonovich boshchiligida markaziy apparat xodimlari va hududiy statistika boshqarmalari mutaxassislari onlayn ishtirok etishdi.

27J1A4110

Statistika agentligi direktori oʻrinbosari soʻzga chiqib, ishtirokchilarni “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati va uni amalga oshirishga doir ustuvor vazifalar, ayniqsa, strategiyada belgilangan Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga doir maqsad va vazifalarga alohida toʻxtalib oʻtdi.

37J1A4272

Shuningdek, tadbirda Axborot xizmati rahbari 5 ta ustuvor yoʻnalish hamda 100 ta maqsaddan iborat “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi va mazkur strategik hujjatni tasdiqlashga oid Prezident farmoni haqida batafsil maʻlumot berdi.

47J1A4309

5-7J1A4258

67J1A4120

Yigʻilish yakunida  ishtirokchilar oʻzlarining qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.