Aholini roʻyxatga olish jarayoniga tayyorgarlik koʻrish maqsadida, hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam oʻrnatilganligi va nom belgilari oʻrnatilmagan koʻchalar holatini oʻrganish ishlari davom etmoqda.

photo_2024-07-04_09-25-26_p22698

Oʻrganishlar natijasida ayrim mahallalarda raqamlashtirish ishlari toʻliq yakuniga yetkazilmaganligi va nom belgilari oʻrnatilmagan koʻchalarning mavjudligi holatlari aniqlanmoqda.

photo_2024-07-04_09-26-40_p96949

Oʻrganish natijalari boʻyicha hududlar kesimida tahliliy maʻlumotlar tayyorlanib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishlari uchun mahalliy hokimliklarga doimiy ravishda axborot kiritilib, kerakli chora-tadbirlar  koʻrilmoqda.

photo_2024-07-04_09-26-54_p49938