Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida joriy yilning 15-iyul kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻlimlari xodimlari uchun “Aholini ro‘yxatga olishning tashkiliy rejasini tuzish tartibi” mavzusida vebinar tashkil etildi.

1_-7j1a5020_p95667

22photo_2024-07-16_16-41-53_p42056

Mazkur vebinarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 4-martdagi PQ-114-son qarorida aholini ro‘yxatga olish masalalari bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar, aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va tashkiliy rejasini tuzish tartibi to‘g‘risida batafsil tushuntirib berildi.

2_-7j1a5046_p60398

Vebinar yakunida Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boʻlimi xodimlariga oʻtilgan mavzu yuzasidan test savollari berilib, ularning mavzuni oʻzlashtirganlik darajasi baholandi.

3_-7j1a5057_p61199