Joriy yilning 12-iyul kuni Statistika agentligida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan “Siyosiy-maʻrifat soati” tashkil etildi.


Unda agentlikning markaziy apparat xodimlari ishtirok etdi.

Tashkil etilgan “Siyosiy-maʻrifat soati”da xodimlarga yurtimizdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, amalga oshirilayotgan islohotlar hamda boshqa yangiliklar haqida ham batafsil maʼlumotlar berildi.


“Siyosiy-maʻrifat soati” davomida xodimlarning savollariga atroflicha javob berildi.



