Joriy yilning 29-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi boʻlimi xodimlari uchun qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

1_-29_07_2024-vaprlyaovtlp7j1a5451_p91438

2_-29_07_2024-vltpararp7j1a5456_p80127

Shuningdek, vebinarda xodimlarga qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasiga oid koʻrsatkichlarni shakllantirish tartibi va uslubiyoti batafsil tushuntirib berildi.

3_-29_07_2024-lvlfdtvbft7j1a5473_p50581

Ushbu koʻrsatkichlarni hududlar kesimida hisoblash va e’lon qilish tartibi misollar bilan koʻrsatildi va ularni qiziqtirgan savollariga javob berildi.

4_-29_07_2024-dlotdaovdov7j1a5476_p32857

Vebinar yakunida Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi boʻlimi xodimlariga oʻtkazilgan vebinar masalalari boʻyicha test savollari berilib, ularning mavzuni oʻzlashtirganlik darajasi baholandi.

5_-29_07_2024-dladvodvla7j1a5468_p94815