Joriy yilning 31-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Raqamlashtirish va ma’lumotlarni saqlash markazi xodimlari uchun axborot va kiberxavfsizlik masalalariga oid oʻquv amaliy seminari hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

1_-31_07_2024-vsdsdg-7j1a3148_p39546

2_-31_07_2024-vsdsdg-7j1a3157_p97814

Shuningdek, vebinarda xodimlarga axborot va kiberxavfsizlik masalalariga oid yangi hujjatlar va topshiriqlar boʻyicha tushunchalar berildi. Maʼlumotlar xavfsizligi masalalari boʻyicha amaliy misollar bilan koʻrsatildi va ularni qiziqtirgan savollariga javob berildi.

3_-31_07_2024-vsdsdg-7j1a3171_p51863

4_-31_07_2024-vsdsdg-7j1a3163_p13492

Vebinar yakunida Raqamlashtirish va ma’lumotlarni saqlash markazi xodimlariga oʻtkazilgan vebinar masalalari boʻyicha test savollari berilib, ularning mavzuni oʻzlashtirganlik darajasi baholandi.

5_-31_07_2024-vsdsdg-7j1a3187_p71205