O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024- yil 4- martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 114-son qarori ijrosini ta’minlash hamda aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda tanlab olingan tumanning mahalla xaritalari yordamida tajriba tariqasida tumanning tashkiliy rejasini tuzish ishlari amalga oshirilmoqda.

1_-21_08_2024lijkljiklhjfgsdf_p86432

Tuman tashkiliy rejasini tuzish jarayonida xaritada aks ettirilgan aholi soni hamda har bir ro‘yxatga oluvchi xodimga belgilangan o‘rtacha yuklamadan kelib chiqqan holda mahalla xaritalarida hisob uchastkalari chegaralari chizilgan holda ajratilmoqda, shuningdek hisob uchastkalarini birlashtirish asosida instruktorlik uchastkalari hamda ro‘yxatga olish uchastkalari tashkil etilmoqda.

2_-21_08_2024jkhjkhkjl_p92659

Shuningdek, hududlarda mavjud maxsus muassasa, tashkilotlar va ularda doimiy yashovchi aholi sonini aniqlash orqali mazkur muassasa, tashkilotlarda aholini ro‘yxatga olishni tashkil etish uchun jalb qilinadigan xodimlar sonini aniqlash hamda bu orqali ushbu xodimlarni o‘qitish uchun joy, ro‘yxatga olish hujjatlari va shu kabilar bilan ta’minlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

3_-21_08_2024lkjlmklopl__p25955

Bu aholini ro‘yxatga olishga jalb qilinadigan ro‘yxatga oluvchi xodimlar sonini aniqlash hamda roʻyxatga olish, instruktorlik uchastkalarni joylashtirish uchun binolar sonini aniqlash imkonini beradi.

4_-21082024kjkbhjcgxcg_p93520

Hududiy statistika boshqarmalarida amalga oshirilayotgan ishlar 2026- yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan birinchi aholini yalpi ro‘yxatga olish tadbirlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish va sifatli o‘tkazishda xizmat qiladi.