Joriy yilning 23- avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Investitsiyalar va qurilish statistikasi boʻlimi xodimlari uchun investitsiyalar va qurilish statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.
1_-23_08_2024-gfd-7j1a0917_p23383

2_-23_08_2024-gfd-7j1a0933_p86017

Shuningdek, vebinarda xodimlarga investitsiyalar va qurilish statistikasiga oid koʻrsatkichlarni shakllantirish tartibi va uslubiyoti batafsil tushuntirib berildi.

3_-23_08_2024-gfd-7j1a0926_p38615

Ushbu koʻrsatkichlarni hududlar kesimida hisoblash va eʼlon qilish tartibi misollar bilan koʻrsatildi va ularni qiziqtirgan savollariga javob berildi.

4_-23_08_2024-gfd-7j1a0924_p15473

Vebinar yakunida Investitsiyalar va qurilish statistikasi boʻlimi xodimlariga oʻtkazilgan vebinar masalalari boʻyicha test savollari berilib, ularning mavzuni oʻzlashtirganlik darajasi baholandi.

5_-23_08_2024-gfd-7j1a0914_p21166