Mustaqillik bayrami arafasida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan turli tadbirlar tashkil etilib, nafaqadagi xodimlar va ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinmoqda.

1_-30082024hbjhjh7j1a1768

Statistika agentligi Kasaba uyushmasi qoʻmitasi yaqinlashayotgan Mustaqillik bayrami munosabati bilan uzoq yillar statistika tizimida faoliyat yuritgan mehnat faxriylari holidan xabar olinib, ular bayram bilan tabriklandi. Jumladan, iste’mol uchun muhim boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari olib borildi.

2_-30082024jhghjghj7j1a1773

Bunday savobli amallar orqali qariyalarga maʻnaviy-ruhiy koʻmak berish, ularni yolgʻiz qoldirmaslik va koʻp yillik mehnatlari uchun minnatdorchilik izhor qilish koʻzda tutilgan.

3_-30082024jbjghjhglkplpkln

Keksalar agentlik tomonidan doimiy ravishda koʻrsatilayotgan bu kabi maʻnaviy-moddiy koʻmak uchun minnatdorchilik bildirdi.

4_-30082024zshshchzshchzmh