Mustaqillik har bir xalq va davlatning istiqboli uchun eng asosiy vosita hisoblanadi. Millatning ijtimoiy-iqtisodiy va sotsial rivojlanishida mustaqillik asosiy poydevor vazifasini bajaradi. Istiqlol yillarida O‘zbekiston izchil islohotlar va xalqimizning fidokorona mehnati tufayli ulkan yutuqlarga erishdi.


2024- yilning 30- avgust kuni Statistika agentligi markaziy apparati xodimlari uchun o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda mamlakatimiz mustaqilligining iqtisodiyot, turizm, fan va madaniyat sohalarini rivojlantirishdagi roli muhokama qilindi.


Tadbirda, Statistika agentligi direktori o‘rinbosari Z. Ziyayev, direktorning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Q. Ahmedov, Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati rahbari B. Melikmurotov mavzu yuzasidan alohida to‘xtalib o‘tdi.

Yig‘ilishda mustaqillik yillarida mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish, erkin bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirish, xalqning tinch va farovon hayot kechirishi uchun shart-sharoit yaratish, O‘zbekistonning xalqaro maydonda munosib o‘rin egallashiga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilganligi xususida so‘z yuritildi.



